Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Sariosiyo aeroportiga sinov parvozini amalga oshirdi

5-yanvar kuni Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan Airports” va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining bir guruh mutaxassislari Let L-410 samolyotida Toshkent – Termiz – Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sinov parvozini amalga oshirdi.

Ishchi guruh Sariosiyo aeroportining ICAO talablariga muvofiqligini tekshirdi, aerodrom imkoniyatlari hamda ATR-72 600 samolyotlarini qabul qilish qobiliyatini o‘rgandi, shuningdek, yo‘lovchi terminalini qurish zaruriyatini aniqladi.

Yaqin kunlarda Sariosiyo aeroportiga Let L-410 va ATR-72 600 kabi samolyotlarda Toshkentdan muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.

16 Jan, 2024