Clinics and Pharmacies

"World2Fly" aviakompaniyasi Madriddan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 30-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:32da Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasining bortida 187 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyoti Madrid-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysini amalga oshirib Urganch xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Birinchi yo‘lovchilarni Urganch aeroporti rahbariyati va jurnalistlar tantanali ravishda kutib oldi.

Madrid — Urganch — Madrid yoʻnalishi boʻyicha charter reyslar Airbus A330-300 samolyotlarida ikki haftada bir marta amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, 23-maydan boshlab aviakompaniya Madrid-Toshkent-Madrid yo‘nalishida ham parvozlarni boshladi. Birinchi bosqichda charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024-yil sentabrdan oktyabrgacha qayta tiklanadi.

"World2Fly" Ispaniyaning yoʻlovchi tashuvchi aviakompaniyasi boʻlib, 2020-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan.

30 May, 2024