Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" Fransiyaning "CMA CGM Air Cargo" kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda

“Uzbekistan Airports” O‘zaviatsiya agentligi va O‘zaeronavigatsiya markazi ishtirokida Fransiyaning "CMA CGM Air Cargo" yuk aviakompaniyasi bosh direktori Damyen Mazauder boshchiligidagi Toshkentga kelgan delegatsiya bilan muzokaralar olib bordi.

Ishchi uchrashuv chogʻida Xitoydan Fransiyaga Oʻzbekistonda, xususan, “Navoiy” xalqaro aeroportida texnik toʻxtash bilan yuk tashuvi reyslarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Havo tashuvchisi Airbus A330 samolyotlarida haftasiga besh marta parvozlarni amalga oshirishi, Navoiy aeroporti esa aviakompaniya samolyotlarining texnik qo‘nishi, yoqilg‘i quyishi va ekipaj almashinuvi uchun to‘xtash punktiga aylanishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, tashrif davomida Fransiya kompaniyasi vakillariga “Navoiy” aeroportining texnik va ekspluatatsion imkoniyatlari ko‘rsatildi.

"CMA CGM Air Cargo" — shtab-kvartirasi Parijda joylashgan yuk aviakompaniyasi. Kompaniya 2021-yilda CMA CGM transport guruhining havo yuklarini tashuvchi bo'linmasi sifatida tashkil etilgan.

04 Jun, 2024