"YTO Cargo Airlines" yuk aviakompaniyasi Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Xitoyning "YTO Cargo Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam yuk qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Aviakompaniya vakillari “Uzbekistan Airports” kompaniyasi rahbariyati bilan joriy yilning 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarda shunday niyat bildirgan edi.
Yuk tashuvchining Toshkent xalqaro aeroportiga birinchi parvozi 2024-yil 6-iyun kuni, Xitoyning "Comac" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi ARJ21-700 samolyotida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq "YTO Cargo Airlines" aviakompaniyasi Boeing 757 samolyotlarida Toshkentga charter reyslarini amalga oshirgan edi.
"YTO Cargo Airlines" Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan.
05 Jun, 2024