"Uzbekistan Airports"da yoshlar o‘rtasidagi yozgi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda kompaniya va unga a’zo korxonalar xodimlari o‘rtasida an’anaviy sport musobaqasini o‘tkazdi.
“Sport bilan birga” shiori ostida “Shafran Resort” dam olish maskanida “Uzbekistan Airports”, “Toshkent” xalqaro aeroporti, “Uzbekistan Airports Handling” va “Uzbekistan Airports Cargo” yoshlar jamoalari sportning sakkiz turi – shashka, shaxmat, yugurish, uzunlikka sakrash, badminton, tennis, futbol va basketbol bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Umumjamoa hisobida "Uzbekistan Airports Handling" kompaniyasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Uzbekistan Airports Cargo” jamoasi ikkinchi, Toshkent xalqaro aeroporti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblarga aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi hamda “Uzbekistan Airports” tomonidan faxriy yorliqlar va pul mukofotlari topshirildi.
“Bugungi kunda ko'p vaqtini ofislarda o'tkazadigan yirik kompaniyalar xodimlari uchun bunday sport musobaqalarini o'tkazish juda zarur. Ochiq havoda o‘tkaziladigan musobaqalar mehnat vazifalaridan hissiy jihatdan qochish, atrof-muhitni o‘zgartirish, faol sport bilan shug‘ullanish, shuningdek, jamoani shakllantirish uchun ajoyib imkoniyatdir”, deb ta’kidlashdi “Uzbekistan Airports” kasaba uyushmasida.
13 Jun, 2024