Toshkent aeroportida mahalliy sportchilar O‘zbekistonda birinchi "Ginnes" sport rekordini o‘rnatishdi
2024-yil 15-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida olti nafar o‘zbekistonlik sportchilar 13 tonnalik samolyotni tortishdi. Bu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan mutlaq rekordga aylandi.
Ginnesning rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi xonim ishtirokida O‘zbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi jamoasi og‘irligi 13500 kg bo‘lgan "Silk Avia" aviakompaniyasining ATR 72-600 samolyotini 100 metr masofaga 46,7 soniyada tortib borishga erishdi.
Qayd etish joizki, rekord birinchi urinishdayoq o‘rnatildi. "Guinness World Records"ning tomonidan samolyotni 60 soniya ichida tortib borish edi. Dastlabki mashg'ulotlar davomida sportchilar turli natijalarni ko'rsatishdi, biroq 15-may kuni ko'rsatilgan 46,7 soniya eng yaxshi natija bo'ldi.
13 Jun, 2024