Clinics and Pharmacies

Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

17-avgustdan Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshirmoqda. Shunday qilib, parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, "IndiGo" aviakompaniyasi 2023-yil 22-sentabrdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Bunga qadar Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

"IndiGo" - bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni bo'yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

14 Jun, 2024