"Uzbekistan Airports" kompaniyasi rahbar xodimlari Seulda malaka oshirmoqda
Joriy yilning 15-iyun kuni “Uzbekistan Airports” kompaniyasining asosiy bo'linmalari boshqaruv xodimlari va xalqaro aeroportlar direktorlari aeroportlarni barqaror boshqarish boʻyicha jahon amaliyotini oʻrganish, samarali, ishonchli va xavfsiz aeroport infratuzilmasini yaratish boʻyicha malaka oshirish maqsadida Janubiy Koreya poytaxtiga yetib borishdi.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston aeroportlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va faoliyat xavfsizligini yanada yaxshilash imkonini beradi.
Bir hafta davomida kompaniya xodimlariga aviatsiya sanoatining yetakchi ekspertlari va mutaxassislari tomonidan o‘quv kurslari o‘tkaziladi. Bu milliy aeroportlarning ekspluatatsion faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va tajriba almashish uchun noyob imkoniyat.
“Ushbu tadbir “Uzbekistan Airports”ning xodimlarning kasbiy malakalarini doimiy ravishda oshirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash sohasidagi strategik yo‘nalishini ko'rsatadi. Safar nafaqat boshqaruv xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qiladi, balki O‘zbekiston aeroportlarida ekspluatatsiya faoliyatini takomillashtirish va xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturning bir qismidir”, — deya ta’kidlaydi "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati.
24 Jun, 2024