Buxoro aeroportida bolalar va o‘smirlar uchun ekskursiya tashkil etildi
Buxoro xalqaro aeroportida Kogon shahridagi kam ta’minlangan oilalar farzandlari va o‘smirlari uchun ekskursiya tashkil etildi. Aeroport va tegishli xizmatlar mutaxassislari yosh mehmonlarga aeroportdagi hayot qanday kechayotganini ko‘rsatib berishdi.
Bolalar va o‘smirlar, ro‘yxatga olish agentlari qanday ishlashini ko‘rishdi, "steril" hududga kirishdi va hatto samolyotlar turargohiga chiqishdi. Xodimlar samolyotlar qanday uchishi, perronda qanday jarayonlar kechishi, samolyotlarga xizmat ko‘rsatishda qanday texnika va qanday xizmatlar ishtirok etishi haqida gapirib berishdi. Bolalar aviatsiya sohasiga sho‘ng‘ib, yirik korxona ishini ichidan ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘ngra aeroportda faoliyat yuritayotgan muzeyga tashrif tashkil etildi, bolalar O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tarixi bilan ham tanishdilar.
09 Jul, 2024