Clinics and Pharmacies

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida Parijga kuzatib qo‘yildi

Sportchilar Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Fransiyaga jo‘nab ketishdi. Tarixiy Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan milliy terma jamoa Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishini kutib qolamiz, deb ta’kidlashdi Milliy olimpiya qo‘mitasida. Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiya o‘yinlari doirasidagi ilk uchrashuvini 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi. Bungacha milliy terma jamoamiz Gvineya (15-iyul) va Yangi Zelandiya (18-iyul) bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.

12 Jul, 2024