Urganch xalqaro aeroporti xodimlarining farzandlari “Kamalak” bolalar oromgohida dam oladi
10-iyul kuni Urganch xalqaro aeroporti xodimlarining farzandlari “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyotida “Kamalak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olish uchun Toshkentga uchib kelishdi.
“Xorazm viloyati noqulay ekologik vaziyatga ega hudud hisoblanadi. Biz ketma-ket ikkinchi yil, aeroport xodimlarining farzandlarini Toshkent viloyatining tog‘li hududlaridagi bolalar oromgohlariga dam olishga yuborishni yaxshi an’anaga aylantirdik”, — deya ta’kidlashdi Urganch aeroportida.
Bolalarni oromgohga yuborish O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va “Uzbekistan Airports” korxonasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.
12 Jul, 2024