"ЮВТ Аэро" aviakompaniyasi Qozondan Toshkentga parvozlarni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda
"ЮВТ Аэро" aviakompaniyasi Tatariston poytaxtini Toshkent bilan bog‘laydi. Aviakompaniya 4-avgustdan muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishni boshlaydi.
Parvozlar haftada bir marta yakshanba kunlari Kanadada ishlab chiqarilgan, 50 o'rinli Bombardier CRJ-200 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz 3 soatdan sal ko'proq vaqt davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, "ЮВТ Аэро" O‘zbekistonga parvozlarni 2023-yil sentabridan boshlab amalga oshirib kelmoqda. Aviakompaniya Qozondan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan, parvozlar haftada bir marta shanba kunlari amalga oshiriladi.
"ЮВТ Аэро" 2015-yilda tashkil etilgan Rossiyaning mintaqaviy aviakompaniyasi bo'lib, bosh qarorgohi Bugulma shahrida joylashgan. Tatariston shaharlaridan muntazam yo'lovchi reyslarini amalga oshiradi. Aviakompaniya qarorgohi Qozon aeroportida ham joylashgan.
12 Jul, 2024