Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida yangi savdo nuqtalari auksionga qo‘yildi

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi “E-auksion.uz” elektron platformasida “Toshkent” xalqaro aeroportining uchib ketish terminali va terminal oldi hududida joy ijarasi uchun bir nechta lotlarni joylashtirdi.

Uchib ketish terminali binosining qurilayotgan qismida kofe-nuqtasi formatida ovqatlanish shoxobchasi (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10366902) tashkil etish uchun 40 kv.m maydon kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Lotning boshlang‘ich qiymati – yiliga 480 million so‘m.

Shuningdek, uchib ketish terminalida turli xil savdo avtomatlarini o'rnatish joylari savdoga qo'yilgan. Bularga kofe (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10366901) va gazak sotuvchi avtomatlar (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10366900) hamda avtomatik massaj kreslolari (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10366903) kiradi.

P1 (uchib ketish) va P7 (o‘rmon) avtoturargohlarida elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalarini (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10366905) o‘rnatish rejalashtirilgan. Har bir zaryadlash stansiyasi uchun 20 kv.m joy ajratilgan. Mazkur lotning boshlang‘ich qiymati yiliga 96 million so‘m etib belgilangan.

Ushbu auksionlar 2024-yil 1-avgust kuni E-auksion.uz elektron platformasida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, auksionda ishtirok etuvchi kompaniyalar texnik shartlarga mos kelishi kerak. Ijarachilarga qo'yiladigan talablar va boshlang'ich narxlar E-auksion veb-saytida lot ostida joylashtirilgan. Kim oshdi savdosi qoidalariga ko'ra, dastlabki yillik summalar savdo davomida kamida 10% ga oshishi mumkin.

19 Jul, 2024