Qarshi aeroporti yaqinida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan rasmiy xabar
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi xalqaro aeroporti hududida yong‘in kelib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Xodisa yuzasidan aniqlik kiritamiz - yong‘in Qarshi aeroporti yaqinida joylashgan "S.Smart" ishlab chiqarish korxonasi hududida sodir bo‘lgan.
Oʻt oʻchiruvchilar tezda yongʻinni bartaraf qilish uchun yetib kelishgan. Shuningdek, Qarshi aeroportidan 3 ta o‘t o‘chirish mashinasi ham yordamga kelgan.
Sanoat hududidagi yong'in havo bandargohi faoliyatiga ta'sir qilmadi. Qarshi xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
21 Jul, 2024