Clinics and Pharmacies

Buxoro aeroportida parvozlarni avariya va qidiruv-qutqaruv ta'minlash bo'yicha mashqlar bo‘lib o‘tdi

Buxoro xalqaro aeroportida aerodromda avariya holati yuz berganda avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish, yo‘lovchilar va ekipajga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir aeroport tomonidan O‘zbekiston Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi o‘zaro hamkorlik qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

Mashg'ulot rejasiga ko'ra, favqulodda vaziyatlar xodimlariga samolyot bortidagi favqulodda vaziyat haqida xabar beriladi, shundan so'ng ularga qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish vazifasi qo'yiladi. Signaldan so‘ng aeroportning o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari tezda uchish-qo‘nish yo‘lagida ko‘pikli maydon hosil qiladi va samolyotning xavfsiz qo‘nishini ta'minlashadi.

Samolyot qo‘nganidan so‘ng va suniy yong‘inni o‘chirish davomida voqea joyiga viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi guruhlari ham yetib keladi va yong‘inni to‘liq o‘chirish ishlarini tashkillashtiradi. Yo‘lovchilar xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, jabrlanganlarga aeroport hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot bo‘limlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

O‘quv-taktik mashg'ulotlari yakuni bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda shaxsiy tarkibni tayyorlashning taktik va amaliy jihatlari muhokama qilindi. Barcha mas’ul rahbarlar o‘zaro tajriba almashib, aeroportning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

25 Jul, 2024