Clinics and Pharmacies

O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi parvozlar jadvalini qayerdan bilsa bo‘ladi?

O‘zbekistonning barcha 11 xalqaro aeroportlarida muntazam xalqaro va ichki reyslarning uchib kelish/ketish vaqtlarini onlayn-tablo, shuningdek, Telegram bot orqali kuzatish mumkin.

Onlayn-tablo Uzbekistan Airports www.uzbairports.uz rasmiy saytida joylashgan. U yerda real vaqt rejimida har bir reys uchun quyidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi: sana, vaqt, parvoz raqami, aviakompaniya nomi, yo'nalish, terminal, bortga chiqish eshigi, parvoz holati (uchib ketishda), shuningdek, bagajlar chiqish lentasi va vaqti (uchib kelishda).

Shuningdek, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida barcha xalqaro va ichki reyslar hamda jadvaldagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi @uzairportsBot Telegram boti mavjud.

Botni ishga tushirgan har bir foydalanuvchi ro‘yxatdan aeroport, terminal, jo‘nab ketish yoki kelish va kerakli yo‘nalishni tanlashi mumkin. Shundan so'ng, bot parvoz haqida quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatadi: parvoz vaqti, raqami, parvoz holati va yo'nalishi, tashuvchi aviakompaniya, shuningdek, ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari.

01 Dec, 2023