Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" xodimlari uchun psixolog va mammolog maslahati tashkil etildi

“Uzbekistan Airports” va uning tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarning o‘z vaqtida oldini olish va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

“O‘zingni angla” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi direktori, psixolog Zamira Azimova, markaz direktori o‘rinbosari, psixolog Gozal Utekova, shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali mammologiya bo‘limi mudiri Muqaddas To‘xtaboyeva, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakili Nodira Karimova, ayollar va qizlarning gender tengligini ta’minlash va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boshqarmasi mudiri To'linoy Qodirovalar tadbirda ishtirok etish uchun taklif etildi.

Uchrashuv davomida psixologlar hozirgi kunlarda ayollar ko'pincha qanday muammolarga duch kelishlari, ularga qanday munosabatda bo'lish kerakligi va ayolning psixologik va fiziologik salomatligi qanchalik bog'liqligini yuzasidan tushuntirishlar berishdi. Mammolog ayollar sog'lig'iga ko'proq e'tibor berish lozmligi va o'z vaqtida diagnostika amaliyotlaridan o'tishni tavsiya qildi. Sababi, kasallik rivojlanishning dastlabki bosqichida aniqlansa, undan to'liq holis bo'lish ehtimoli 80-90% ni tashkil qiladi. Tadbirdan so'ng ayollar o'z savollarini berish, shuningdek, mammolog tomonidan dastlabki ko'rikdan o'tish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

02 Aug, 2024