Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" AJda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi

“Uzbekistan Airports” kompaniyasida A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda davlat tilida ish yuritish yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkillashtirildi.

Markazdan taklif etilgan mutaxassis, ekspert Abdurashid To‘ychiev korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlarga bir oy davomida o‘zbek adabiy tili va davlat tilida hujjatlar bilan ishlash asoslari bo‘yicha ta'lim berdi. Tinglovchilar o‘zbek tilining tarixi, grammatikasi, lug‘at va tinish belgilari bo‘yicha ekspress kursdan o‘tdilar. Trening yakunlangach, barcha talabalarga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi.

Ta’kidlash joizki, xodimlarni o‘qitish O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli va 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmonlari ijrosi doirasida amalga oshirildi.

08 Aug, 2024