"Uzbekistan Airports" AJ OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik faollarini matbuot anjumaniga taklif etadi.
Joriy yil 31-avgust kuni soat 11:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida "Uzbekistan Airports" AJning 2024-yilning birinchi yarim yilligiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Matbuot anjumanida qatnashishni istagan OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik faollari +998 55 501 45 55 telefon raqami yoki info@uzairports.com elektron manzili orqali kompaniya Axborot xizmati bilan bog'lanishi va batafsil ma'lumot olishlari mumkin.
27 Aug, 2024