Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi keng ko'lamli futbol musobaqasiga start berdi

Ushbu futbol turnirida 11 ta aeroport, shuningdek, "Uzbekistan Airports" boshqaruv kompaniyasi tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar ishtirok etmoqda.

Boshqaruv raisi kubogi "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MChJ va “Uzbekistan Airports Handling” MChJ jamoalari o‘yini bilan boshlandi. Birinchi o‘yin 3:1 hisobi bilan “Uzbekistan Airports Handling” MChJ g‘alabasi bilan yakun topdi. Musobaqaning keyingi o‘yinlari "Uzbekistan Airports" AJ va "Uzbekistan Airports Cargo" MChJ jamoalari o'rtasida bo'lib o‘tadi.

Respublikaning barcha hududiy aeroportlarida ham ichki va safar uchrashuvlari o‘tkaziladi. Jamoalar "play-off" yo‘llanmalari uchun 4 guruhga bo‘lingan. Final o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi va unda g‘olib jamoalar bosh sovrin – Rais kubogi uchun kurash olib boradi.

Ushbu futbol turniri mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi va “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tashkil etilganining 5 yilligiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli sport tadbiri bo‘lib, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

22 Aug, 2024