Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" AJda "Donorlik kuni" bo‘lib o‘tdi

23-avgust kuni Toshkent aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida navbatdagi "Donorlik kuni" tashkil etildi, unda “Uzbekistan Airports” va unga qarashli kompaniyalar xodimlari qon yig‘ish aksiyasida ishtirok etdilar.

Kompaniyada "Donorlik kuni" an’anaviy tusga kirib, Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Mahalliy aviaqatnovlar terminalining Sog‘liqni saqlash bo‘limida mobil bo‘linma joylashtirildi, u yerda ko‘ngillilardan qon olish tashkillashtirildi. Qon quyish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024-yillarda 444 nafar donor bepul qon topshirgan, shundan 329 nafari birinchi marta donorlik qilgan. Umumiy hisobda 199 litr donorlik qoni to‘plangan.

Donorlik qoni yuqori texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish yoki boshqa biror moddalar bilan almashtirib bo‘lmaydigan yagona shifobaxsh material hisoblanadi. Har yili 1,5 million o‘zbekistonlik donorlik qoniga muhtoj. Sog‘lom odam uchun 450 ml qon topshirish mutlaqo xavfsiz. Chunki bu inson tanasidagi umumiy qon hajmining atigi 10% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bitta qon topshirish uch kishining hayotini saqlab qolishi mumkin. Bu esa biz 1327 kishini, jumladan bolalarning davolanishiga o‘z hissamizni qo‘shdik. Ushbu xayriya aksiyasi O‘zbekistondagi boshqa aeroportlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

24 Aug, 2024