Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalari xodimlari xayriya hasharida ishtirok etdi. Bu yilgi hashar rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi nihoyasiga yetayotgan poytaxt aeroportining jo‘nab ketish terminalida bo‘lib o‘tdi.

“Toshkent aeroportini rekonstruksiya qilishning birinchi bosqichi doirasida rejalashtirilgan va o‘tgan yil oxiridan buyon amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari deyarli yakunlandi. Bugun “Uzbekistan Airports”ning Toshkentdagi barcha tashkilotlari xodimlari kompaniya uchun juda muhim bo‘lgan ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlab, rekonstruksiya qilinayotgan terminalda hashar o‘tkazishga hamda tozalash xizmatiga hududni yaqinlashib kelayotgan ochilish marosimiga tayyorlashda ko‘maklashishga qaror qilishdi”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Viloyat aeroportlari xodimlari ham Mustaqillik kuni bayrami arafasida an’anaviy xayriya hasharini o‘tkazishdi – ular atrofni obodonlashtirish va ko‘chatlar ekish ishlarini amalga oshirdilar.

24 Aug, 2024