Clinics and Pharmacies

"Iberojet" aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga parvozlarni yo'lga qo'ymoqda

Ispaniyaning "Iberojet" aviakompaniyasi Madrid — Toshkent va Madrid — Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha charter yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda. Toshkentga birinchi reys 2024-yil 2-sentabrga, Urganchga — 2024-yil 8-sentabrga belgilangan.

Parvozlar ikki haftada bir marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

"Iberojet" — bosh qarorgohi Madridda joylashgan yo'lovchi charter reyslarini amalga oshirishga ixtisoslashgan Ispaniya aviakompaniyasi.

28 Aug, 2024