Clinics and Pharmacies

Ispaniyaning "Iberojet" aviakompaniyasining ilk yo‘lovchilari Toshkentda kutib olindi

"Iberojet" aviakompaniyasi Ispaniyaning turli mintaqalaridan Toshkent va Urganchga charter yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ydi.

2-sentabr kuni soat 04:52da Ispaniya aviatashuvchisining samolyoti ilk bor Toshkent aeroportiga qo‘ndi. EVE-875 reysi Saragosadan O‘zbekiston poytaxtiga 381 nafar yo‘lovchini olib keldi. Samolyot va birinchi yo‘lovchilar Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Madriddan Toshkentga birinchi charter reysi 4-sentabrga, Madriddan Urganchga esa 8-sentabrga belgilangan. Parvozlar har ikki haftada Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

"Iberojet" - bosh qarorgohi Madridda joylashgan charter yo'lovchi reyslariga ixtisoslashgan Ispaniya aviakompaniyasi.

03 Sep, 2024