Clinics and Pharmacies

Toshkentda Xitoyning "North-Western Cargo" aviakompaniyasining birinchi charter parvozi kutib olindi

Joriy yilning 4-sentabr kuni Xitoyning "North-Western Cargo International Airlines" (NWCIA) yuk aviakompaniyasi Sian — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter parvozini amalga oshirdi.

"North-Western Cargo International Airlines" (NWCIA) aviakompaniyasining Boeing 757-200 havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 10:07 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An'anaga ko'ra, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi.

Sian — Toshkent — Sian yoʻnalishi boʻyicha parvozlar yuk koʻtarish quvvati 25 tonnagacha boʻlgan Boeing 757-200 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi, keyinchalik parvozlar soni haftasiga uch martaga yetkaziladi.

“North-Western Cargo International Airlines” (NWCIA) kompaniyasi shtab-kvartirasi Sian shahrida joylashgan Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasidir.

04 Sep, 2024