Urganch aeroportini DXSh modeli bo‘yicha modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tender muddati uzaytirildi
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati “Urganch xalqaro aeroportini DXSh modelida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasi bo‘yicha tender o‘tkazish muddatini uzaytirdi.
Avval xabar qilinganidek, 2024-yilning 1-avgust kuni “Qurish, boshqarish, topshirish” (BOT) modeli bo‘yicha “Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tenderning birinchi bosqichi (Malakaviy talablarni olish) e’lon qilingan edi.
Ishtirokchilarning ko‘plab so‘rovlari tufayli ushbu loyiha bo‘yicha birinchi bosqichi uchun ariza topshirish muddati uzaytirildi.
Yangilangan muddatlar quyidagicha:
- aniqlik kiritish uchun so‘rovlar topshirishning oxirgi muddati — 2024-yil 1-oktabr, Toshkent vaqti bilan soat 18:00;
- malaka so‘roviga arizalar topshirishning oxirgi muddati — 2024-yil 1-noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 18:00.
Shu kabi loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega barcha manfaatdor kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi.
Bog‘lanish uchun ma’lumot:
Elektron pochta: tender.info@uzairports.com
Telefon raqami: (+998) 55 501 47 47 / Rustambek Janabaev (ichki raqami — 4510); Behzod Nabiev (ichki raqami — 4582).
10 Sep, 2024