Clinics and Pharmacies

“Toshkent” aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

“Uzbekistan Airports” Toshkent xalqaro aeroporti hududida professional spotting-tur uchun arizalar qabul qilish ochilganini e'lon qiladi. Tadbirning taxminiy sanasi - 2024-yil 16-oktyabr.

Spotting-turda barcha xohlovchi spotterlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun spotting@uzairports.com elektron manziliga ariza yuborish va pasport skanerini ilova qilish lozim. Arizalarni qabul qilish 23-sentabr kuni soat 18:00 da yakunlanadi.

Arizalarni tanlashda quyidagi nomzodlarga ustunlik beriladi:

• professional foto va video uskunalari bo'lgan;

• aviatsiya mavzularida o'zining tematik veb-sayti/blogi/ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari borligi

• professional spotterlar resurslarida nashrlarida chop etilgan yoki suratlari joylashtirilgan bo'lishi (www.jetphotos.com, www.airliners.net, www.planespotters.net va boshqalar).

Agar ishtirok etish uchun yuborgan arizangiz maqullansa, sizga 2024-yil 25-sentabrgacha javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.

Ariza namunasi.docx

20 Sep, 2024