Farg'ona aeroportida spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
“Uzbekistan Airports” Farg'ona xalqaro aeroporti hududida professional spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish ochilganini e'lon qiladi. Tadbirning taxminiy sanasi - 2024-yil 29-sentabr.
Spotting-turda barcha xohlovchi spotterlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun e.xojimatov@uzairports.com elektron manziliga ariza yuborish va pasport skanerini ilova qilish lozim. Arizalarni qabul qilish 25-sentabr kuni soat 18:00 da yakunlanadi.
Arizalarni tanlashda quyidagi nomzodlarga ustunlik beriladi:
• professional foto va video uskunalari bo'lgan;
• aviatsiya mavzularida o'zining tematik veb-sayti/blogi/ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari borligi
• professional spotterlar resurslarida nashrlarida chop etilgan yoki suratlari joylashtirilgan bo'lishi (www.jetphotos.com, www.airliners.net, www.planespotters.net va boshqalar).
Agar ishtirok etish uchun yuborgan arizangiz maqullansa, sizga 2024-yil 27-sentabrgacha javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.
20 Sep, 2024