Clinics and Pharmacies

⚡️Hurmatli yoʻlovchilar va kutib oluvchilar!

“Toshkent” xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi avtoturargohda yo‘l qoplamasini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan shaharga chiqayotgan yo‘lovchilar uchun chiqish yo‘li chap tomonga – taksi yo‘lagining ortiga vaqtinchalik ko‘chirildi. Kutib oluvchilar zaliga kirish vaqtinchalik shahar tarafdan amalga oshiriladi. Avtoturargoh hududidagi taʼmirlash ishlari uch kun ichida yakunlanishi kutilmoqda.

“Uzbekistan Airports” va “Toshkent” aeroporti nomidan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yoʻlovchilar va kutib oluvchilardan uzr soʻraymiz.

16 Sep, 2024