⚡️Hurmatli yoʻlovchilar va kutib oluvchilar!
“Toshkent” xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi avtoturargohda yo‘l qoplamasini ta’mirlash ishlari yakunlandi va kelgan yo'lovchilar uchun shaharga chiqish oldingi joyga qaytarildi. Kutib oluvchilar uchun alohida zal ham odatdagidek faoliyat yuritmoqda: zalga kirish va chiqish har ikki tomondan amalga oshiriladi.
“Uzbekistan Airports” va Toshkent xalqaro aeroporti nomidan yo‘lovchilar va kutib oluvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
19 Sep, 2024