Clinics and Pharmacies

Toshkent xalqaro aeroportida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tantanali ravishda kutib olindi

Toshkent vaqti bilan soat 12:40 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining bortida Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi boʻlgan samolyoti poytaxt aeroportiga kelib qoʻndi.

Budapeshtda (Vengriya) o‘tkazilgan 45-Jahon shaxmat Olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bronza, ayollar terma jamoasi esa 12-o‘rinni egalladi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida mutasaddi rahbarlar, murabbiylar, jamoa a'zolarining yaqinlari va do'stlari ishtirokida sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

25 Sep, 2024