Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” AJ rahbari Qarshi aeroportida sayyor qabul o'tkazdi

Qarshi xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxodjayev yosh xodimlar va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Norasmiy sharoitda o‘tgan ochiq muloqotda aviareyslar sonini ko‘paytirish, aeroport faoliyatini takomillashtirish, yo‘lovchilar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, ayrim toifadagi xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa bir qator masalalar ko‘rib chiqildi hamda berilgan takliflar kelgusi ijro uchun bayonnomaga kiritildi.

“Uzbekistan Airports” rahbari aeroportning yosh xodimlariga alohida e’tibor qaratib, ularning g‘oya va tashabbuslari kompaniya rivojida muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Xizmat safari davomida boshqaruv raisi Qarshi shahridagi tadbirkorlar bilan ham uchrashuv o‘tkazib, ularning aeroport hududida savdo shoxobchalari, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat turlarini tashkil etish bo‘yicha takliflarini tingladi.

27 Sep, 2024