"Uzbekistan Airports" kompaniyasi turizm sohasida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislarni Xalqaro turizm kuni bilan samimiy tabriklaydi
Ushbu bayram mamlakatimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim o‘rin tutishi, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va milliy merosni targ‘ib qilish uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratishi haqida eslatib turadi.
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi mamlakatimizni sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanlagan millionlab yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga katta ahamiyat beradi.
O‘zbekistonga qilinadigan har bir tashrif ijobiy taassurot bilan boshlanishi uchun biz infratuzilma va servisni yaxshilashda davom etamiz.
Turizm sanoatining barcha mutaxassislariga muvaffaqiyatlar, sayohatchilarga esa yorqin va unutilmas lahzalar tilaymiz!
27 Sep, 2024