Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" olamga bilim ulashuvchi barchani O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi.

Sizning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz doimo yuqori baholanishini, hurmat va ehtiromda bo'lishiga tilakdoshmiz. Sizga sihat-salomatlik, ulkan zafarlar va faoliyatingizda yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz!

Ushbu muhim kunda biz fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ustoz va murabbiylarga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Sizning mashaqqatli mehnatingiz va fidoyiligingiz ortidan xavfsiz va samarali parvozlarni ta'minlaydigan, aviatsiya infratuzilmasini rivojlantiradigan va sanoatimizda eng yuqori sifat standartlariga erishadigan keyingi avlod mutaxassislari yetishib chiqmoqda. Sizning bilim va tajribangiz barcha aeroportlar va aviatsiya xizmatlarini yangi cho'qqilarga ko'tarishga yordam bermoqda.

01 Oct, 2024