“Uzbekistan Airports”da 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlandi
“Uzbekistan Airports” hamda uning tarkibiy korxonalari xodimlari 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida madaniy tadbir o‘tkazdi.
Tadbirni “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi ochib berdi hamda kompaniya jamoasiga aksiyadorlik jamiyati rahbari - Javlonbek Umarxodjayev tomonidan yo‘llangan tabrikni o‘qib eshittirdi.
Bayram tadbiriga O‘zbekiston Xalq shoiri Xurshid Davron, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish respublika markazi rahbari Inomjon Azimov, o‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Azizbek Iminov, tilshunos olim Abdurashid To‘ychiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rustam Mirvohidlar tashrif buyurishdi.
Tadbirda birin-ketin so‘zga chiqqan olimlar, yozuvchi va shoirlar o‘zbek tilining uzoq yillik tarixi, uning go‘zalligi, davrlar ichra sayqallanib, bugungi kunda dunyoda qiziqish uyg‘otayotgan tillardan biriga aylanib kelayotgani, tilimizni boyitishdagi buyuk bobokalonlarimizning o‘rni haqida gapirib o‘tishdi. Bayram dasturiga kuy qo‘shiq va raqslar hamda o‘zbek tili haqidagi sherlar ulanib ketdi.
18 Oct, 2024