Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" ayollar uchun timbilding tashkil qildi

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalar – "Uzbekistan Airports Handling", "Uzbekistan Airports Cargo" va O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ishlayotgan ayollar uchun Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida uch kunlik timbilding o‘tkazildi.

Tadbir doirasida jamiyatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, gender tenglikni ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan psixolog va huquqshunos ishtirokida davra suhbatlari, sport va intellektual musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu tadbir ayollar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek, kompaniya xodimlari o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratildi.

"Uzbekistan Airports"da ayollar uchun timbilding nafaqat hamkasblar bilan vaqtni maroqli o‘tkazish imkoniyati, balki jipslashgan, ishonchli va ahil jamoa yaratishning muhim vositasidir. Kompaniya korporativ madaniyatni rivojlantirish va ayollar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning salohiyatini rivojlantirish va jamoa ichidagi muloqotni yaxshilashga sarmoya kiritishni muhim deb hisoblaydi.

19 Oct, 2024