Xalqaro aviadispetcherlar kuni bilan!
Ushbu bayramning tarixi 1961-yil 20-oktyabrda Amsterdamda Xalqaro aviatsiya dispetcherlari assotsiatsiyalari federatsiyasi tashkil etilgan kundan boshlangan. Federatsiya tashkil etilgan sana umume'tirof etilgan xalqaro kasb bayramiga aylandi.
Har kuni, har daqiqada butun dunyo bo'ylab minglab havo harakatini nazorat qiluvchi xodimlar barcha samolyotlar o'z manzillariga xavfsiz va samarali yetib borishini ta'minlash uchun faoliyat yuritadi. Osmondagi xavfsizlik yerda xizmat olib boruvchi ushbu odamlarning qo'lida.
"Uzbekistan Airports" barcha dispetcherlarni kasb bayramlari bilan tabriklaydi! Sizga mustahkam sog'liq, oilaviy farovonlik, faoliyat davomida yuksak marralarga erishishni tilaymiz!
21 Oct, 2024