"Toshkent" aeroportida rasmiy spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
"Uzbekistan Airports" kompaniyasi "Toshkent" xalqaro aeroportida joriy yilda birinchi professional spotting-tur uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Spotting-tur rejalashtirilgan sana — 2023-yil 14-oktabr.
Qatnashish istagini bildirgan aviaspotterlar, spotting@uzairports.com elektron manziliga so‘rovnoma yuborish va pasport nusxasini ilova qilish orqali ariza berishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 29-sentabr soat 18.00 gacha amalga oshiriladi.
Arizalarni tanlashda quyidagi talablarga e'tibor beriladi:
• professional foto va video uskunalar mavjudligi;
• professional elektron spotting resurslarida nashrlarga ega bo'lishi (www.jetphotos.com, www.airliners.net, www.planespotters.net va boshqalar);
• ilgari spotting turlarda qatnashganligi;
• aviatsiya mavzulari bo'yicha o'zining tematik veb-sayti/blogi/ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari borligi.
Agar ishtirok etish uchun topshirilgan ariza tasdiqlansa, sizga 2023-yil 11-oktabrgacha javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.
08 Jan, 2024