Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" AJ xodimlari korrupsiyaga qarshi boshqaruv va xatarlarni boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashdi

“Uzbekistan Airports” korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish maqsadida “Cert Academy” xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda 15 nafar rahbar xodimlar uchun trening tashkil etildi.

"Uzbekistan Airports" xodimlari korrupsiyaga qarshi boshqaruv menejmenti ISO 37001:2016 va xatarlarni boshqarish ISO 31000:2018 yo‘nalishlarida malaka oshirdi. O‘quv kurslarini yakunlagan xodimlar ushbu yo‘nalish bo‘yicha tegishli xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.

24 Oct, 2024