Clinics and Pharmacies

"Flynas" aviakompaniyasining Namangandan Jiddaga parvozi kechiktirildi

"Flynas" aviakompaniyasining 30-oktabr kuni soat 21.00 ga belgilangan Namangan – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha XY652 reysi texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga kechiktirildi.

Ushbu reys yo‘lovchilari mehmonxonalarga joylashtirilib issiq ovqat bilan ta’minlandi. Aviakompaniya shuningdek, aeroportdan mehmonxonaga va ortga bepul transferni tashkillashtiradi.

Parvoz holati haqida batafsil ma'lumot olish uchun aviatashuvchining vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

31 Oct, 2024