Clinics and Pharmacies

Uzbekistan Airports "Yashil makon" loyihasini qo'llab-quvvatladi

Bugun Ohangaron shahrida Uzbekistan Airports kompaniyasi va uning tarkibiy tuzilmalaridagi xodimlari, Transport vazirligi va aviatsiya sohasining boshqa korxonalari vakillari bilan birgalikda daraxt ekish tadbirida ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mavsumiy ko‘chatlar ekildi. Ta'kidlash joizki, Uzbekistan Airports kompaniyasi va respublikaning barcha xalqaro aeroportlari har yili aeroportlarga yaqin hududlar, bog‘lar, xiyobonlar, tibbiyot va o‘quv yurtlari, shahar ko‘chalari va tog‘ oldi hududlarini ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

09 Dec, 2024