"Uzbekistan Airports"da Konstitutsiya kuni va Davlat madhiyasi bayrami nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi nishonlanayotgan shu kunlarda “Uzbekistan Airports” va uning tasarrufidagi korxonalarda xodimlar uchun ma’rifiy-huquqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent xalqaro aeroportida siyosiy-huquqiy muloqot tarzida tashkil etildi. Tadbirda mehmon ekspert sifatida yuridik fanlar doktori, professor Omon Muhammadjonov hamda Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi Jasur Jumaniyazovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida xodimlarga Konstitutsiyamizning qabul qilinishi va unga kiritilgan o‘zgartirishlar tarixi, har bir bobni atroflicha tahlil qilgan holda so‘zlab berildi. Yig'ilganlar ekspertlarga o'zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo'ldilar.
11 Dec, 2024