Clinics and Pharmacies

Farg‘ona aeroportida yangi qo‘nish tizimi o‘rnatildi

Farg‘ona xalqaro aeroportida 11-dekabr kuni “O‘zaeronavigatsiya” DUK mutaxassislari tomonidan ILS/DME qo‘nish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar yakunlandi.

Modernizatsiya ishlari yakunlangach, mahsus havo kemasi tomonidan tizimning Oʻzbekiston Respublikasi va ICAO xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti talablariga muvofiqligini aniqlash uchun sinov parvozi oʻtkazildi.

Farg‘ona aeroportidagi zamonaviy ILS/DME qo‘nish tizimi murakkab meteorologik sharoitlarda havo kemalarining qo‘nishini va aerodrom hududida parvozlar xavfsizligini ta’minlaydi hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.

Farg‘ona aeroporti odatiy rejimda ishlamoqda. Yo‘lovchilar reyslar haqidagi dolzarb ma’lumotlarni uzairports.com rasmiy sayti, Telegram bot, shuningdek, +99855 501 45 55 telefon raqami orqali Aloqa markazidan olishlari mumkin.

12 Dec, 2023