"Tax Free" tizimi O‘zbekiston aeroportlarida qanday ishlaydi?
"Tax Free" tizimi xorijiy fuqarolarga O‘zbekistondagi chakana savdo do‘konlarida ayrim tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQSning bir qismini qaytarish imkonini beradi. Keshbek qaytarilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan. Unga suvenirlar, yong'oqlar, meva va quritilgan mevalar, charm va mo'ynali mahsulotlar, gilamlar, to'qimachilik va boshqa tovarlar kiradi.
QQSni qaytarish uchun nima qilish kerak?
1.Soliq mobil ilovasida roʻyxatdan oʻting va xariddan soʻng cheklaringizni skanerlang.
2.Jo‘nab ketish kunida parvozga ro‘yxatdan o‘ting, so‘ng aeroportdagi "Tax Free" shoxobchasiga boring.
3️.Taqdim etiladigan hujjatlar va tovarlar:
• bortga chiqish taloni;
• cheklar;
• sotib olingan tovarlar (ular foydalanilmagan bo'lishi kerak);
• sotib olingan mahsulotni qo'l yukida yoki ro'yxatga olinadigan bagajda tashishni oldindan hal qiling.
Keshbek miqdori va uni qaytarish shartlari:
✔️Minimal xarid summasi 1 million so‘m.
✔️Qaytarilish summasi – QQS summasining 90% gacha (mahsulot toifasiga qarab).
✔️Toʻlov bank kartasiga (Visa va Mastercard) keshbek rasmiylashtirilgandan keyingi oyning 25-kunidan keyin amalga oshiriladi.
Foydali sayohat qiling va xaridlaringizning bir qismini qaytarib oling!
17 Feb, 2025