Clinics and Pharmacies

Olmaotadagi tuman tufayli ikkita reys Toshkentga yo‘naltirildi

Olmaota aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

"Loong Air" aviakompaniyasining Xanchjoudan Olmaotaga uchgan GJ8217 reysi 17-fevral kuni soat 23:05 da qo‘ndi. Hozirda yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari mehmonxonalarga joylashtirilgan, manzil aeroportga uchish mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Azimut” aviakompaniyasining Mineralnye Vodi – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha AZO6141 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:11 da Toshkentga kelib qo‘ndi.

18 Feb, 2025