Toshkent xalqaro aeroportida qayerda ovqatlanish mumkin? Kafe va qahvaxonalar bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
Agar siz Toshkent xalqaro aeroportida parvozingizni kutayotgan bo‘lsangiz va ovqatlanmoqchi yoki shunchaki kofe ichmoqchi bo‘lsangiz, aeroportda faoliyat olib boruvchi ovqatlanish shoxobchalari ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Aeroport oldi hududida (jo‘nash terminalining o‘ng tomonida).
🔹"Terminal" kafesi – milliy va Yevropa taomlari:
- birinchi va ikkinchi taomlar, shirinliklar, bar menyusi va biznes tushlik.
Ro‘yxatdan o‘tish joyi (pasport nazorati oldidan).
Bu yerda siz shinam o‘rindiqlarda xushbo‘y qahva va yengil taomlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin:
🔹 "Yess Coffee" va "Tchibo" – qahva, ichimliklar, sendvichlar va shirinliklar.
Kutish zali (pasport nazoratidan keyingi steril hudud).
Agar parvozdan oldin vaqtingiz bo‘lsa, kafelardan birida taomlanishingiz mumkin.
🔹"Air Cafe", "Кафе" - tez tayyorlanadigan taomlar, salatlar, shirinliklar va bar menyusini taklif qiluvchi qahvaxonalardir.
🔹"Caffelito" – qahva, choylar va shirinliklar.
🔹"Safia" - qandolat, pishiriqlar, shirinliklar, qahva va choylar.
🔹"Pie Republic" - pishiriqlar, shirinliklar, qahva va choylar.
Shuningdek, tez orada jo‘nab ketish hududida bir nechta kafe va restoranlar joylashgan multibrendlik "fudkort" ochilishi rejalashtirilgan.
Endi siz qayerda ovqatlanish va parvozingizdan oldin vaqt o‘tkazishingiz mumkinligini bilasiz! Yoqimli ishtaha va xavfsiz sayohat qiling! 🛫☕️🥐
18 Feb, 2025