Toshkent aeroportidagi mehmonxona – reyslar oralig'ida dam olish!
Agar parvozlaringiz oralig'ida uzoq vaqt bo'lsa yoki parvozingiz kechiktirilsa, endi siz Toshkent aeroporti mehmonxonasida bemalol dam olishingiz mumkin!
Mehmonxona nimalarni taklif qiladi?
🔹 24 ta shinam xona
✔️ 23 ta standart - bir kishilik
✔️ 1 ta oilaviy – oilaviy sayohat qiluvchilar uchun
🔹 Tozalik, qulaylik va sukunat
🔹 Qulay krovatlar, konditsioner, Wi-Fi
🔹 Alohida dush xonasi va hojatxona
🔹 Individual yuvinish anjomlari
🔹 Xonalarni bir necha soatga yoki bir kunga bron qilish imkoniyati.
Qayerda joylashgan?
Mehmonxona aeroportning jo'nab ketish zalining "steril" hududida, "Duty Free" do'konlari va "Art Bazar" savdo paviloni o'rtasida joylashgan.
Sizga yoqimli parvoz va Toshkent aeroportida qulay dam olishni tilaymiz!
20 Feb, 2025