Toshkent davlat transport universitetida transport sohasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining 2022-yil 27-sentabrdagi “Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchi yoshlarini saralab olish va ishga taqsimlash ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 162-sonli buyrug‘iga muvofiq,
Toshkent davlat transport universitetida transport sohasidagi yirik tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, sohada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik islohotlarni chuqurroq anglab yetish hamda bitiruvchi yoshlarni ishga jalb qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga transport tashkilotlarining amaliy faoliyati, innovatsion loyihalari va sohadagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishga qabul jarayonlari, kompaniyalarning rivojlanish strategiyalari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
21 Feb, 2025