"Batik Air" aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Joriy yilning 15-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:58 da “Batik Air” aviakompaniyasi borti Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirib, Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi. Shu munosabat bilan “Toshkent” aeroportida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi, Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Turizm qoʻmitasi vakillari, jurnalistlar, aviaspotterlar hamda parvozning ilk yoʻlovchilari ishtirok etdi.
Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar haftasiga bir marta juma kunlari Boeing 737 va Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelajakda aviatashuvchi reyslar sonini oshirish hamda mintaqadagi yo'nalishlar tarmog'ini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
“Batik Air Malaysia” — bosh qarorgohi Petalingjayda joylashgan Malayziya aviakompaniyasi boʻlib, ichki va xalqaro yo’nalishlarda doimiy yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshiradi.
16 Dec, 2023