Toshkent aeroportida yangi "Mooz Coffee" kafesi ochildi ☕️
Toshkent xalqaro aeroportida "Mooz Coffee" kafesi ochildi. Yangi ovqatlanish shoxobchasi uchib ketish zalining "steril" hududida joylashgan bo'lib, 24 soat ishlaydi. Qahvaxona menyusida issiq va sovuq ichimliklar, qandolat mahsulotlari, shirinliklar, sendvichlar va salatlar mavjud.
“Bu poytaxt aeroportida "MOOZ" brendi ostidagi ikkinchi savdo nuqtasi. Birinchisi mahalliy aviaqatnovlar terminalida bir yildan ortiq vaqtdan beri muvaffaqiyatli ishlamoqda. Yangi joyda biz mahalliy aholining ham, xorijlik mehmonlarning ham didi va xohish-istaklarini inobatga oldik. Bizning menyu aeroport talablariga moslashtirilgan, qulay va xavfsiz qadoqlar esa ichimlik yoki yeguliklaringizni o‘zingiz bilan bortga olib chiqish imkonini beradi”, — deya izoh berdi "Mooz Coffee" vakillari.
"Mooz Coffee" - Qozog'istondagi mashhur qahvaxonalar tarmog'i. Brendning O‘zbekistondagi rasmiy vakili "Comfort Development" bo‘lib, u Toshkent aeroportida umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etish bo‘yicha E-auksion platformasidagi tender g‘olibi bo‘lib chiqdi.
14 Mar, 2025